CHINGIZXON BUXORO ISTELOSIDAN KEYIN....
Buxorolik islom olimlari shaxarni vayrona qilmaslik sharti bilan taslim bölishgan edi.
Chingizxon otda Buxaroga kirdi va kattaroq maydonli joy topmoqchi edi.
Shaxarda buyuk masjidlardan birttasini ko'rdi va so'radi:
"-Bu Sulton Muhammadning uyimi?" (Xorazmshoxni nazarda tutib)
Olimlar: "Yo'q, bu Alloxning uyi, Masjid!" deb javob berishdi.
Chingizxon qovog'ini solib dedi:
"Xudoning uyi odamlarning qalbidir.
-Siz qalblaringizni har xil yomonliklar bilan to'ldirasiz va keyin Xudo uchun ulkan uylar qurasiz.
-Agar siz chin dildan Xudoni sevsangiz,
-U ham sizni sevadi va qorong'u kunlaringizda sizga yordamga keladi."
Chingizxon otidan tushdi, jilovni olimga berdi va orqasidagi xo'jayinlarga ham shunday qilishni buyurgandan so'ng, masjidga kirdi, minbarga chiqdi va o'tirdi, unga ovqat olib kelishdi va ovqat yedi.
Chingizxon masjiddan chiqib odamlar yigilgan maydoniga bordi. U erda shaharning olimlari va taniqli odamlarini atrofiga to'plab, otda shunday nutq so'zladi:
"-Sizlar ayol qiyofali odamlarsiz... hatto vataningizni himoya qilish uchun o'lishga ham ulgurmaydigan qo'rqoqlarsiz.
-Men sizlardan nafratlanaman.
-Sizlar shuningdek, ilon tilli va xiyonatkor qalbli odamlarsiz. -
-Sizlar bir-biringizga yolg'on gapirasizlar va bir-biringizga qarshi fitna uyushtirasizlar. -
-Sultoningiz jirkanch, vazirlaringiz jirkanch, xo'jayinlaringiz jirkanch. -
-Sizlar ham jirkanch bo'lganingiz uchun, ularning harakatlariga ko'z yumasizlar. -Sizlar o'g'rilarning qo'llarini o'pasizlar va kuchli deb bilgan har bir kishining oyoqlariga sajda qilasizlar.
-Men sizlardan jirkanaman. -
-Agar xohlasam, barchangizni shu yerda so'yib, jasadlaringizni otim bilan oyoq osti qilardim.
-Men buni qilmayapman.
-Chunki sizlar mening qo'lim va buyrug'im bilan o'ldirishga ham arzimaysizlar.
-Shuni bilingki, sizning gunohlaringiz ko'p.
-Xudoga ko'rsatadigan yuzingiz yo'q...
Men hamma narsani ko'radigan va biladigan Xudoning qilichiman.
-Men sizning bo'yinlaringizni urish uchun qinimdan chiqdim, yorqin yarqiramoqdaman.
-Agar o'zingizga kelsangiz, Balki men sizning qoningizni ayamayman... Aks holda, men sizlarni, erkak va ayolni, butun arava o'tib ketadigan chigirtkalar galasiga o'xshatib qo'yaman.
Chingizxon Samarkad atrofida Jaloliddin va Temir Malik armiyasi bilan jang qilganidan keyin shaxar axolisi bilan ham urushdi.
Bugungi xaroba qilingan Afrosyob qoldiqlari Chingizxon yoqib yuborgan shaxar izlaridir.
Tirik qolganlarni yigib Buxorodagidek erga urib nutuq qilmagan.
Buxoro islom olimlari Chingizxon yonidagi uygur musilmonlari bilan yashirin aloqa örnatib shaxarni taslim qilish muzokorasi qilishgan. Jaloliddin armiyasiga xiyonat qilishgan.
Chingizxon sotqin mulalarga tegmagan. Xorazmshox shayxul islomini Urganj qamaldan chiqib ketishiga ruxsat bergan. (Rumiyning dadasi)
Shayx Najmiddin Kubro va muridlari oxirgi qonigacha kurashishgan, shaxid bölishgan.
Bugungi mulllar ham, xazrati Kubroviya tariqatini eslashmaydi.
Buxoro darvozalarini Chingizxonga, öris Frunzega ochib bergan sotqin mullallar xotirasi xurmatda.....
Urganji.
01.04.2026
Комментариев нет:
Отправить комментарий
Примечание. Отправлять комментарии могут только участники этого блога.