пятница, 31 января 2025 г.

O‘zbekiston mustaqilligi qaerdan boshlanishi mumkin edi?

O‘zbekiston mustaqilligi qaerdan boshlanishi mumkin edi? Ushbu video O‘zbekistonda boshlanayotgan diktatorlikni to‘xtatish uchun xarakat qilgan, Vise Prizident lavozimini qo‘lini orqasi bilan itarib tashlagan, yagona davlat odami xaqidadir. Qisqa va lo‘nda. Xoinlik qilganlar va bu insonni oldinga ko‘tarib, so‘ngi daqiqada uni sotganlarga qarata aytilgan nutuqdir. Boshqaruv tizimidagi sobiq sovet kadrlariga emas, qayta qurish, mustaqillik uchun kurashdik deganlarga stavka qilgan odamning isyonidir ushbu nutuq. O‘zi ishlagan tizim istelochilikga asoslangani va qulashi mumkinligini tushunib bo‘lgani xaqida gapirgan bu videoda. Men Shukurollo Mirsaidovni 1985 yilda tanidim. Meni antisovetizmda ayblab qamashgandi, o‘sha yili. Bekjon Urganji Markaziy komitet raxbaryati oldiga talab qo‘ygan. Zudlik bilan chiqarmasanglar butun avlodni olib chet elga ketish uchun bayonot beraman degan. Meni chiqarishdi, qamoqdan. "Mexnat" nashryotida muxarir edim. Ishdan xaydashdi. Nizomiy instituti 5 kursidadan xaydashdi. Xovlim bor edi, uni ham tortib olishdi. Toshkent shaxar ijroiya komiteti raxbaryatiga shikoyat bilan bordim. Qora ro‘yxatdagi odamligim uchun faqat shaxar raxbari gaplashadi deyildi. Shukurolla Mirsaidovni o‘sha joyda tanidim. Kimlardan ekanligini bilgani va uchun "xovli jonigizdan qiymatli emas" degan gapini pichirlab aytdi. Kuchli xotirasi bor ekan, raxmatlikning. 1993 yilda qamoqga olinganimdan toki 1996 yil ozod qilinganimga qadar ichkaridan ximoya qildi. Sobiq Ichki Ishlar vaziri va shoir Xaydar Yaxyoev va odamlaring yordamlarini qamoqxonalar bilib turdim. Islom Karimov o‘zini ag‘darishga resursi bo‘lgan xolda , O‘zbekistonni tark etmagan Shukurullo akaga qarshi bir necha bor, ogoxlantirish suqasdlari qildirdi. Shukurullo aka, 1997 yil chetga ketishimga rozi qilgan. -Bular sizni bu mintaqada o‘ldiradi, chetda siz bilan shug‘ullanmaydi.... dedi. Meni bular xar joyda topadi, agar zarur qolishsa xar joyda o‘ldirishadi.... dedi, Shukurolla aka. Allox raxmat qilsin, joylari jannatda bo‘lsin. Inshallox shaxid ketgandirlar. Biz vatanni ozod qilib, xoinlarni lyustratsiya qilamiz. Xaqiqat tiklanadi. Safar Bekjon Urganji. 25.01.2025

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Примечание. Отправлять комментарии могут только участники этого блога.

Тоғай Мурод туғилган кун.

Бугун турк дунёси романчилигининг улкан устаси Тоғай Мурод туғилган кун. Тоғай Муроднинг бугунги дўстларига ишонманг. Тоғай аканинг дусти бў...