вторник, 1 сентября 2026 г.

Abduvohid Hayit ChIN O‘ZBEKChA OTLAR

 Abduvohid Hayit
ChIN O‘ZBEKChA OTLAR
Yaqinda taniqli adabiyotshunos va shoir Rahimjon Rahmat:
“Abduvohid, turk-o‘zbekcha ismlar ro‘yxatini tuzish kerak”,
deb murojaat qilib qoldi. Men: “Buni qarang, Rahmat aka,
qariyb o‘n yillardan beri chin o‘zbekcha otlarni yig‘ib
kelaman”, – deb javob qildim.
Hozirgi o‘zbek ismlarini asosan uch katta qism: arabcha,
forscha va turk-o‘zbekcha ismlar guruhlariga bo‘lish
mumkin. Afsuski, ular ichida eng g‘aribi, eng kam
uchraydigani – chin o‘zbekcha otlardir. Keyingi paytlarda
esa ularning soni yana ham kamayib bormoqda. O‘z
farzandini o‘z tilidagi ot bilan atashga or qiladigan o‘zbekday
millat bo‘lmasa kerak.
Shuningdek, o‘zbek ismlari ichida aralash: arabcha-
o‘zbekcha (Alloberdi), forscha-o‘zbekcha (Gulyuz), forscha-
arabcha (Dilmurod) kabi ismlar juda ko‘p.
Ma’lumki, Islomdan keyin, har bir musulmonning ismi
islomiy bo‘lishi kerak, degan aqida ta’sirida sof turkiy ismlar
qo‘yish udumi o‘rta asrlardayoq taraqqiyotdan to‘xtagan.
O‘tmishda fors tili arab tilidan keyin ikkinchi madrasa tili,
adabiyot tili bo‘lib kelganligi uchun forscha ismlar bundan
turk ismlariga nisbatan kam ziyon ko‘rgan. Shunday
bo‘lsada, o‘tmishda ajdodlarimiz chin o‘zbekcha ism qo‘yish
udumini saqlab kelishgan. Ammo bugungi kunda, o‘zbek tili
arab, fors tillari ta’siridan ancha mustaqil bo‘lgan bir paytda,
chin o‘zbekcha otlardan mutlaqo voz kechilmoqda. Bugungi
avlod farzandiga seriallarda ko‘rgan biror qahramonning
qulog‘i yoqtirgan ajnabiy, ma’nosini o‘zi ham
tushunmaydigan ismini ravo ko‘rishi mumkin, ammo
o‘zbekcha ism qo‘ymaydi. O‘zbekcha ism go‘yoki eskilik
sarqiti, “modnыy” emas.
Xullas, men ancha yillardan beri o‘zim bilgan, eshitgan,
manbalarda duch kelgan chin o‘zbekcha otlarni yig‘ib
kelayotgan edim. Rahimjon Rahmatning gapi bilan uni e’lon
qilib ko‘rsammi, deb o‘yladim. Albatta, bu ish hali chala,
ancha to‘ldirilishi kerak, ehtimol, bir kun uni kitob holiga
keltirish mumkin bo‘lar. Eslatib o‘taman, ushbu ro‘yxatga
aralash ismlar (misol, Xudoyberdi) emas, balki butunlay
turkiy bo‘lgan kishi otlari (misol, Tangriberdi) kiritildi. Agar
sizga ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan, siz yashaydigan hududda
uchraydigan shu kabi chin o‘zbekcha otlar (albatta ular juda
ko‘p) ma’lum bo‘lsa, ularni izohda yozib qoldirsangiz,
buning uchun oldindan o‘z minnatdorchiligimni bildirib
qolaman. (Iltimos, faqat sof o‘zbekcha (turkiy) ismlarni
taklif qilsangiz).
ChIN O‘ZBEKChA OTLAR
@ Tuzuvchi Abduvohid Hayit
A
Adashboy
Alp
Alparslon (Saljuqiy hukmdorlardan birining oti)
Alptegin (G‘aznaviylar davlati asoschisi)
Alper
Arslon
B
Barot
Barchin (Ma’nosi “ipak”, “parcha”. “Devonu lug‘otit-turk”
ind.57)
Bahodir
Bibixon
bibish
Begoyim
Bekqul
Begimoy
Begimqo‘l
Bektosh
Beybars (Mamluklardan birining oti)
Bekchik (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan
birining oti).
Boybo‘ri
Boyir
Boykeldi
Boysun
Boysari
Boysunqo‘r
Botir
Bosim
Boshbek
Burhon
Bo‘rivoy
Bo‘ritosh
Bo‘ta
V
G
Go‘zal
D
Dadaxon
E
Yo
Yozi
Yozibek
Yolqin
Yorqin
Yorqinoy
Yomg‘ir
J
Jovli
Jongil
Z
I
Inju
Inoq
Y
Yo‘ldosh
Yo‘lbars
Yo‘lchi
Yigitali (ali. arabcha)
K
Kengboy
Ko‘paysin
Kimsan
Kimsanboy
Ko‘chim
Ko‘char
Ko‘chimxon
Ko‘kalp
L
Lochin
M
Mixli
Mengir
Mengli
Meli
Menglixon
N
O
Oybibi
Oysuluv
Olmaxon
Olmos
Olg‘u (“Olg‘u Chig‘atoyning nabirasi tutur”. Abulg‘oziy.
Shajarayi turk. 89-bet)
Onaxon
Orol
Oyxon
Oyqiz
Oppog‘oy
Oyxon (Oygul -gul. F-t. )
Ortiq
Otabek
Otaboy
Otaxon
Ochildi
(Ochila)
Oqin
Oqbilak
Oybeka
P
Pamuq
R
S
Sabuktegin (eski turkiyda: “sevimli shahzoda”. Mahmud
G‘aznaviy otasining oti)
Sanjar
Sevinch
Sevara
Suluv
Suyunch (Shayboniyxon o‘g‘lining ismi)
Suyar
Suyarqul
T
Tarxon (Tarkan)
Tegin
Tegina (Teginabegim)
Turdi
Tulagan
Tolmas
Tilov
Tilak
Tuman
Turmish (Turmish oqa Amir Temur davrida Qarshi
beklaridan Joku barlosning qizining ismi. 1354 yili
Temurbek, 18 yoshida, Turmish oqaga uylangan)
Tug‘luq (Tug‘li, Tuxli)
Tug‘rulbek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan)
Tuqtemur (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete
amirlaridan birining oti).
To‘ychi
To‘lg‘onoy
To‘ra
Tangriberdi
Tangribek
Tirkash
Tursun
Turon
Turg‘un
Turg‘unboy
Tanishbek
Tog‘boy
To‘xta
To‘xtaboy
To‘xtasin
Tosh
Toshtemir
Toshqin
U
Ulash
Ulug‘bek
Ulug‘xon (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar
sulolasidan Dehli sultonligi to‘rtinchi hukmdorining ismi.
(1265—1287) G‘iyosiddin Balban)
)
Uzoq
Umid, Umida (bu ism forscha deyiladi, lekin qadimgi
turkiyda “umid” ma’nosida “umdu”, “umunch” so‘zlari
bo‘lgan. Shu kabi “umunchlig‘” – umidli, “umundim” –
umidlandim)
F
X
Xonkeldi
Xonbibi
Xoqon
Ch
Chag‘ribek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan birining oti.
“Chag‘ri” eski turkman tilida “lochin”)
Cho‘li (Cho‘lli)
Cho‘yan
Chuchuk
Chinni (Chinnixol, chinnigul)
Chingiz
Chinni
Charos
Sh
Shunqor
E
Elxon
Elbek
Eltutmish (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar
sulolasidan Dehli sultonligi uchinchi hukmdorining ismi.
(1211—1236)To‘liq ismi: Shamsiddin Eltutmish ibn Yalam)
Enaxon
Erbek
Erboy
Erqul
Egamqul
Egamberdi
Elsevar
Ergash
Eralp
Eshbek
Yu
Yurtsevar
Ya
Yashin
O‘
O‘ktam (“Qutadg‘u bilig”ga qarash kk)
O‘tkir
O‘rxon
O‘roq
O‘lmas
O‘ljaboy
O‘rol
O‘rin
O‘rinboy
O‘zbek
O‘ktam
O‘g‘iloy
O‘qtoy
Q
Qaldirg‘och
Qambar
Qarshi
Qizlarbibi
Qizlarxon
Qilich
Qilich Arslon (saljuqiy hukmdorning oti)
Qirmiz
Qirg‘izboy
Qozoqboy
Qoplon
Qoravoy
Qoracha
Qorjov
Quvonchbek
Quvondiq
Qumri
Qutlug‘
Qutbuka
Qutlibeka
Qutluqqiz
Qo‘zivoy
Qo‘yli
Qo‘ysin
Qo‘ldosh
Qo‘ralay
Qo‘shoq
Qo‘sh(sh)a
Qo‘chqor
G‘
H
Hulkar

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Примечание. Отправлять комментарии могут только участники этого блога.

Abduvohid Hayit ChIN O‘ZBEKChA OTLAR

 Abduvohid Hayit ChIN O‘ZBEKChA OTLAR Yaqinda taniqli adabiyotshunos va shoir Rahimjon Rahmat: “Abduvohid, turk-o‘zbekcha ismlar ro‘yxatini ...