вторник, 19 апреля 2022 г.

Özbekiston milliy boyliklarini talon qilayotganlarga!

Özbekiston milliy boyliklarini talon qilayotganlarga!
Va nixoyat manzilga yetib keldilaring.
Bundan buyoğiga Sizlarning xalqimizdan ömargan boyliklarigiz taqsimoti boshlanadi.
Dunyoning kuchli davlatlari butun imkonlari bilan "Özbeklar ishi"ga sherik bölishga xarakat qilishmoqda.
Bu ishlar xozircha faqat Gulnora Karimova bilan boğlik deb qaralayotgani dikkatni boshqa yerga karatish uchun edi.
Bundan buyoğiga qayerda bölishidan qatiy nazar Özbekiston bilan boğlik barcha pullar muzlatiladi.
Qora röyxatlar tuzilgani anchadan beri bizga ma'lum edi.
Özbek boyliklarini bölishish uchun Özbekistonda rangli-rangsiz inqilob qilish imkoni yöqligi aniqlandi.
Rossiya ta'sir doirasida tarbiyalangan kadrlar boshqarayotgan Özbekiston boyliklarini, Rossiyasiz xam bölishish imkonidan foydalanishga qaror berilganligi aniq böldi.
Ğarbda Turkmanboshining boyliklari bölishilayotganda Putin qanday rol öynaganini bilamiz. Gulnora samolyot töla oltinlarini "pista puli" qilvorgan Putinni shikoyat qilib bormagan joyi qolmagan edi.
Bugun Putinda bunday imkon qolmagan.
Demak bitta tekintomoq kamayganiga xursand bölgan Ğarbliklar "Özbeklar ishi"ni özlari xal qilishmoqchi. Dunyo moliyaviy mafyasining yaqinda Italyada bölgan majlisi, Özbeklar ishi masalasini ikki daqiqagina gaplashgan. Bu masalada sönggi nuqta qöyilganligi xaqida "mish-mishlar" tarqadi.
Xursandmisizlar endi, Özbek "loxlar"i.
"Özbek ishi" bilan xozirda AQSH Adliya vazirligidan tashqari, VimpelCom shirkatining bosh qarorgohi joylashgan Gollandiya, Shvesiya, Shveysariya huquq-tartibot idoralari, shuningdek, AQShning Qimmatbaho qoğozlar va birjalar böyicha komissiyasi shuğullanayotgani aytiladi. (Ğarb matbuotidan)
Gulnora Karimova Özbekistonning yiliga 12 milliard $ daromadini 90 oila bölishayotganini yozdi. Men keyingi ikki yildan beri 23 yilda 200 milliard $ ögirlandi desam ba'zilar ishonmadi.
Özbekiston ekonomikasini ipidan-ignasigacha biladigan "Bosh korrupsioner" va odamlari xisoblashgan bu mablağni.
Chunki 90 ta oilaga oid barcha daromad manbaini öz qöliga olmoqchi bölgan xam Gulnora edi. Kelajakda xalqaro maxkamalarda va xozir yashab turganimiz Shveysaryada boshlanishi kutilayotgan maxkamada xam davogarmiz. Advokatlarimiz xam iqtisodiy xamda siyosiy ayblovlarni taqdim qilishadi.
Aslida asos masalamiz Özbekiston davlatchiligini tubdan xam siyosiy xamda iqtisodiy özgartirish quvvatidagi bu pullarni qaytarish.
Ammo Özbekistondagi "aqli gullaganlar" bu boyliklarni boshka davlatlarga qochirish orqali qutqarmoqchilar.
Men Shveysaryaga rasman taklifnoma bilan kelgan doimiy mehmonman. Özbekiston-Shveysarya tijorat markazida boshlangan kelishmovchilik baxonasida menga taklifnomani tashkil qilganlar. 2003- yildan boshlab Özbekistondagi korrupsiyanig Ğarbdagi kirdikorlarini fosh qiluvchi ma'lumotlarga ega böla boshladim. Xalq tiliga yaqin tushunarli shakllarda maqolalar yozdim. BBS radiosida Özbekistonda ildiz otgan poraxurliklar xaqida chiqishlar qildim. Mahalliy anti-korrupsiyachi xarakat qatnashchilari, advokatlar xuquqchilar bilan aloqalar örnatdim.
2009- yilda Gulnora Karimovanig Jeneva vakolatxonasiga kelishi munosibati bilan bu ish taxlikali böla boshladi. Ma'lumotlar xam daxshatli raqamlarga taqalmoqda edi. Özbekistonnig buyudjetidan xam katta miqdordagi mablağ samalyotlar bilan tashilmoqda edi. Bu mablağlar oxir oqibat bu banklarda qolib ketishi xaqida gapirilayotgan edi. Advokat döstlarimiz bilan maslaxatlashgandan keyin ösha paytdagi Jeneva Bosh Prokurori janob Bertossaga bu ma'lumotlar berildi. Chunki Özbekiston davlat raxbarlarining barchasi bu korrupsiyaga aloqador edilar. Ularnig diplomatik maqomlari bu masalani siyosiy janjalga aylantirsa, boshlanadigan maxkamalar 50 yilda xam xal bölmaydigan ğalvaga aylanishi mumkin edi.
Ammo bu masalani Gugusha özbeklar+aferist mahalliy advokatlar imi-jimida xal qilamiz deb ishni pachavasini chiqardilar. Özbekiston davlatchiligiga oid bölgan milliardlarcha $ mablağ itga-bitga yem bölish extimoli kundan-kunga ortmoqda. 700 ta Özbekistonlikga oid deb qaralgan xisoblardagi pullar shubha ostida qolmoqda va tekshirilmoqda.
Ey özbek amaldorlari, generallari meni dushman deb qarashingiz mumkin. Men davlatchilik dushmani emasman. Sizlar yöqotayotgan xazina davlatchilikga oiddir. Men bu yerdagi 15 yillik xayotimda otasi diktatorlikdan ağdarilganlarning abgor ahvolda qolganlarini kördim. Ismlariga qöyilgan millionlarcha pul bor. Ammo ololmaydilar, chunki tergovda va gumonlangan xisob raqamlardir. Qölida bank kartlari bor. Bankamatga borsa xisobidagi millionlar körinadi. Ammo ololmaydi. Sizlar xokimiyatda ekansiz bergan pullaringizni birovlar qaytaradi. Ishdan ketdingizmi ustingizdan jinoiy ish ochilganligini e'lon qilishadi.
Bu maqolani öqiyotgan SNB operi, Strategik tadqiqotlar markazi xodimi, matbuot sekretaryati xodimi! Sheflaringa maqolani beringlar. Kelajkada sizlarga tuxmat qilishlari mumkin.
"Bizni xabardor qilmagansizlar bunaqa ma'lumotlardan" deyishlari mumkin. Özbekiston raxbariyati va mafya+biznesmenlarining chet ellardagi barcha xisob raqamlari nazoratga olingan.
Uzdemfundsuisse raisi
Safar Bekjon.
Lausanne.
08.12.2013

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Примечание. Отправлять комментарии могут только участники этого блога.

АДДЕРВИЖОН АРМАНЛАРИНИ РОССИЯГА КЎЧИРИШ,

АДДЕРВИЖОН АРМАНЛАРИНИ РОССИЯГА КЎЧИРИШ,  Муқаддас афсоналарга кўра,  Арманистонни инсониятнинг иккинчи бешиги деб аташ мумкин.  Арарат ёки ...