Lo‘lilar kim? Lo‘lilarning tarixi.
Lo‘lilar (jo‘gilar) — ko‘chmanchi xalq. Lo‘lilarning, asosan, 2 guruhi: Evropa lo‘lilari va O‘rta Osiyo lo‘lilari bor. Lo‘lilar aslida Hindistondan tarqalgani haqidagi ma’lumotlar - haqiqat. Lo‘lilarning dastlabki guruhlari V-VII asrlarda va keyingi davrlarda Shimoliy Hindistondan tarqala boshlagan.
Jahon miqyosida lo‘lilar 18 000 000 kishini tashkil etadi. Lo‘lilarni turli mamlakatlarda turlicha nom bilan atashadi: inglizlar – «trevelers», «jipsi», turklar – «qoracha», ruslar – «roma», «sigan», eronlar – «kosib», «zargar» va hokazo. O‘zbekistonda ularni «lo‘li», «mo‘ltoni», «jo‘gi» kabi nomlar bilan atashadi. "Mo‘ltoni" deb atalishini esa bevosita Mo‘lton shahri bilan bog‘lash mumkin. O‘rta Osiyo lo‘lilarining ayrim guruhlari «jo‘gi» (hindchada kambag‘al, qashshoq degani), «hindistoniy», «bo‘lujiy» deb atalishi ham lo‘lilarning asl vatani Hindiston bo‘lganligini tasdiqlaydi. Lo‘lilar esa o‘zlarini «mugat» (mug‘, olovga topinuvchi) deb ataydilar.
Lo‘lilar 1417 yili Vengriya, 1418 yili Germaniya, 1422 yili Ispaniya, 1500 yili Polsha, 1422 yili Italiya, 1430 yili Angliya va boltiqbo‘yi mamlakatlarida tarqalganlar.
Tarixda lo‘lilarni ko‘p mamlakatlar kiritishni xohlamagan, ularga qarshi qonunlar ham imzolangan. Rossiyada esa butkul teskarisi. Lo‘lilarga fuqarolik, pasport berilgan. Ular Rossiyaning boshqa fuqarolari ega bo‘lgan huquqlarga to‘laqonli egadirlar.
Lo‘lilar ikki tilda so‘zlashadi: o‘zbek va tojik. Ammo o‘zlarining maxsus, yashirin tili ham bor: “lavzi mugat” yoki “arabcha” (ular o‘zlarini qora tanli ko‘rinishi va ko‘chmanchi turmush tarzi o‘xshash bo‘lgan arablarga qarindosh deb hisoblaydi).
Lo‘lilarning kelib chiqish haqidagi mish-mish.
Qadimda bir kambag‘al ota-ona bo‘lib, ularning Lo‘ ismli o‘g‘li va Li ismli qizi bo‘lgan. Kunlardan bir kun mamlakatga bosqinchilar bostirib kiradi. To‘polonda haligi ota-ona farzandlarini yo‘qotib qo‘yadi. Lo‘ va Li ota-onasini izlashga tushadi – har biri o‘z yo‘lini tanlaydi. Oradan yillar o‘tgach, Lo‘ bilan Li uchrashib, bir-birini tanimasdan, turmush quradi. Haqiqat ochilganda, mullalar ularni la’natlaydi va o‘sha vaqtdan boshlab bu la’nat “Lo‘li” sifatida ularning avlodlariga o‘tib keladi.
Forscha lug‘atda “lo‘li” so‘zi “raqs va qo‘shiq bilan shug‘ullanadigan odamlar” degan ma’noni anglatadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий
Примечание. Отправлять комментарии могут только участники этого блога.