вторник, 4 ноября 2025 г.

Oqlar, qoralar Nigeriyada ko‘zi qisiq bolalar....

Oqlar, qoralar Nigeriyada ko‘zi qisiq bolalar....
Qora Afriqa sovetizm va kapitalizm qurboni edi.
Shu kunlarda musilmonlar va xristiyanlar qurboniga aylanishi mumkin.
Jumladan Nigeriya davlati...
Bu davlat tarixi va uning siyosiy xolatini sharxlash maqsadimiz emas.
Istagan inson Vikipediya saxifasidan o‘qib oladi.
Dunyo taqsimotiga 21 asr yangi suniy intelekt , internet asri taqsimotiga Nigeryaning qanday aloqasi borligini tushintirmoqchimiz.
2023 yili Si Tszin Pin , va Djo Bayden ishtirokida AQSh va Xitoy katta oilalari San Fransiskoda uchrashuv tashkil qilishgan edi.
Ushbu uchrashuvda dunyo taqsimoti quruqlik qismidagi iqtisodiy ta’sir doiralar kelishuvi qilindi.
Axamiyat bering, masala iqtisodiy ta’sir doiralar xaqida bo‘lgan edi!
Quruqlik chegaralar xamda dunyo dengiz va okeanlarning Montereo, Lozan kelishuvidagi vaziyati ko‘rib chiqildi.
Ushbu Konventsiyalar bo‘yicha dengiz va okyanlar soxillaridan 30 km davlatlarga oid edi. Bu yig‘ilishda quruqlikdan dengiz ichkarisining 200 km iqtisodiy manfaat xudud ekanliging kafolati qayta kelishib olindi.
Bu shartnoma taxminan 100 yildirki dunyo xuquqiy shartnomalari , davlatlar chegara belgilashi asosi sifatida qabul qilinadi! 
Nega aynan Xitoy va AQSh bu shartnoma tashqarisida gaplashishdi? 
Dunyo okean, dengizlarini 26-28% qismi chegaralangan ammo qolgan qismi yo‘q! 
Bu xudud egasi kim? 
U joydan foydali qazilma topilsa kim qazishi kerak? 
Kim bu xududlarda joylashgan qaroqchi , yo‘lto‘sarlar oldini olishi kerak? 
Biror bir axmoq egasiz xudud deb atom bombasi , kimyoviy bomba, bakteriologik bomba , termo effektli uransiz bomba sinamasligini oldini olishga, kim mas’ul? 
Eng muximi bu o‘ta katta suv xududini kosmosdan, suv ostidan va suv ustidan fizik 24/7 rejimida nazorat qilish operativ xarakat qilishga kimda kuch bor? 
Dunyo dengizlari okeanlari qiroli bo‘lgan Buyuk Britaniya cho‘kdi.
Frantsiya o‘z dengiz orti xududlarini juda qiyinchilik bilan boshqara olmoqda.
Bu xududlarni boshqarish, nazorat qilish uchun mingdan ortiq xarbiy kema esminets, 10-15 ta avianosets, 80-90 dona suv osti atom kemasi , 250 donagacha dizel suv osti kemasi , global yuk tashish uchun 1000 dan ortiq +8000 km ga +60 tonna yuk bilan ucha oladigan yuk samaletlari , global navigatsiya tizimi , global internet sputnik tizimi bo‘lgan dunyoda nechta davlat bor? 
Bu kuch texnologik imkoniyat faqat Xitoyda bor.
AQSh va uning ikki ittifoqchisi Yaponiya va Janubiy Koreya bilan birlashib buni eplashi mumkin.
AQSh o‘z imkoniyatidan kelib chiqib iqtisodiy ta’sir doirasini Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika davlatlari bo‘lishiga rozi bo‘ldi.
Xitoyga , Osiyo va Afrikani berdi.
Bu sovg‘a emasdi.
Bu 2 milliard axolisi bo‘lgan afrika qitasini ocharchilikdan, yo‘qsillikdan , terorizimdan, savodsizlikdan, turli yuqumli kasalliklardan chiqarish uchun xitoy qo‘li bilan iqtisodiy ta’sir doirasi asosida ishlash kelishuvi edi.
Bu 2023 yilgi kelishuv! 
Tramp xokimyatga kelib bu kelishuv xududlariga e’tibor bermadi.
Lekin nodir metallar taqchilligi boshlanishi ortidan tezlikda Kongo Demokratik Respublikasi va Unanda , Ruanda xududiga diqqatini qaratdi.
O‘zaro ustama narxlar urushini to‘xtatdi.
Afrikani beril yuborgan baydenni so‘ka-so‘ka Kongo ( Kenshasa )ni o‘rgana boshladi.
Geografik o‘ta noqulay xudud.
2 344 858 km2 xudda joylashgan tropik mintaqa.
Barcha tur zaxarli ilonlar makoni ...
Logistika qilaman desa, faqat Angola orqali imkoni bor!
Uganda tabiy boyliklari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan u xam dengizga yo‘li yo‘q.
Shimolda Janubiy Sudan bilan qo‘shni! 
Eng qizig‘i Sudan xali to‘liq ochilmagan neft qit’asi.
Zaxirasi barcha Arab yarim orolidan ko‘proq! 
Janubdan Tanzaniya bilan qo‘shni ((( Tanzaniyada inqilob bo‘ldimi ?! 
Sharqda Keniya bilan qo‘shni.
Xozir Keniya ichida korruptsiya bo‘yicha juda antiqa ishlar davom etmoqda.
Bu mamlakatda ham Z yoshlari inqilobning Nepal varyantini qiladi! 
Ruanda 4-5 yil avval Afrika Singapuri sifatida isloxot yo‘liga o‘tgan.
Shimoliy Sudan juda katta temir rudasiga ega.
Oxirgi kunlardagi qochqinlar lageri masalasi kun tartibiga kelishi bejiz emas .
Sababi yirik neft zazirasi , yirik temir va nodir metallar zaxirasi mavjud. Bu boyliklarni qazib olish, qayta ishlash va jaxon bozoriga chiqarish uchun kurash bormoqda.
Keyingi 15-20 yilda bu mintaqlarni poramilitar kuch bilan egallab turgan Turkiya , Arab yarim oroli, Rossiyaga uchun alangali salom aytilmoqda(((((
Bu masalalar Nigeriyaga nima aloqasi bor ? 
Nigeriya Afrika qitasida eng rivojlangan 4 davlatdan biri! 
Yirik neft zaxirasi va Kolumbit zaxirasiga qazib olish boshlandi.
Bu metal aviadvigatellar uchun o‘ta muxim! 
Dengiz okeanlar nazorati uchun aviatsiya kerakligini yuqorida aytildi!
Tramp Xitoy qo‘liga o‘tib ketgan Afrikaning bu xududida o‘z o‘zidan muammo chiqarmayapti.
Masala u resurslarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, jaxon bozoriga chiqishiga qarshilik qilayotgan ,Evropa (ruslar) davlatlari jazalamoqda.
Evropaliklar bu soxalarda monopol xolatdagi Rossining yonini olib kelmoqda.
Nineriyada bir necha yildan beri British Petrolium , Shell, Total neft gaz biznesida xukumronlik qilishmoqda. Bu shirkatlarning ma’danlarni kaniballarcha qo‘llanishlari oqibatida Niger daryosining suvi maksimal ifloslangan.
Daryoni neft qoldiqlari bosib ketmoqda
Nigeryada 230 mln dan oshiq axoli bor.
500 dan ortiq tilda gaplashadi.
Dunyodagi eng katta teroristik gurxining ( Boko Xaram) tashkil bo‘lishiga sharoit yaratilgan.
Maqsad qo‘g‘irchoq xukumat , korruptsioner amaldorlar va xk.
Bu maqsad oxiri nima ?
Oxiri bir global terorizim xavfi qo‘shimcha 25-30 mln ,Evropaga qochqin , ocharchilik , xar xil viruslar va narkotiklar ...
Bu muammo ,echilishi kerak.
Muzokara yo‘li tugadi.
Afrikaga AQSh va Xitoy kompaniyalari texnologiya investitsiya bilan kirishi kerak.
Shu paytgacha Afrika va 3 davlatlarda diktatorial xukumatlar dastaklanib ularni Yadro quroliga oshiq qilishadi...
Evropaliklar va ruslarning butun bir davlatda bitta odam va u orqali talon metodi ishlab kelmoqda.
Nigeriya xam bu darddan o‘tgan.
Ammo 2008 yildan boshlab Obama xukumati dunyo bo‘ylab boyitilgan uranni 5 davlat o‘rtasida tashib ketishni kelishgan.
Nigeriya boyitilgan uranini Xitoy olib ketgan!
Yana bir muxim masala, Nigeriyani vafot etgan prezidenti Familyasi Buxoriy bo‘lgan!
Onasi asli Buxorolik yaxudiylardan ....
Siyosatda tasodif bo‘lmaydi!
Stalin davrida, Sibirda yashovchi asli kelib chiqishi Buxorolik musulmon va yaxudiy savdogarlarning ko‘chib ketishiga ruxsat berilgan.
SSSR davlati faqat Stalin vaqtida shu toifadagi insonlarga Yaqin Sharqga va Turkiyaga ketishlariga ruxsat berilgan.
Agentura joylashtirishning eng qulay metodi ham, kichkina millatni mazlum qilib, bir qismini ko‘chib ketishida ichiga agentura joylab jo‘natish osonroq ish edi.
Tramp Va Si muzokarasidan so‘ng Afrikada voqealar rivoji tasodif emas.
Osiyoda xam ancha rivojlandi, voqealar.
Xindistonda saylov yo‘li bilan, tinch yo‘ldan ketmagan Modini , Gudjarat klani ichki fermerlar bosimi ostida ketadi.
Kasta tizimi o‘z tarixiy bosqichini tugatdi.
Dunyo insoniyatniki, ,er ostidagi barcha boylik xam .
Bundan dunyo birdek foydalana olmasa, unga etarli sharoit qilib berilmasa, jang to‘xtamaydi.
Dunyo resurslarini 33% bo‘lgan Rossiya xam bo‘lishishga majbur.
Dunyo resursini 21-22% qismiga egalik qilayotgan Markaziy osiyo xam!
Istasa xam istamasa xam bo‘lishadi.
Xozirgacha topilgan eng yaxshi usul bu ochiq bozor resurslarni sotish bu urushsiz usuli.
Agar bozor yopiq bo‘lsa urush bilan tekinga olishadi.
ShM klani bojlarni xar ko‘targanida, soliqlarni e’lon qilganda..... o‘z saltanati ustunlarini yiqitish ishini bajarmoqda.
Monopoliya ko‘payishi ortidan ShM va aparteid diktatura tizimi cho‘kaveradi.
Cho‘kish tezligi ortadi.
Nigeriya , bu bir misol.
Tanzaniya, ikkinchi misol.
Nepal, uchunchi misol.
Xindiston, to‘rtinchi misol.
Eron, beshinchi misol.
Rossiya esa ShM uchun eng katta na’muna!
Masala Xitoyda yoki Amerikaning kirib kelishida emas.
Masala resurs adolatli taqsimlanmasligidir.
Xalqga tanlov erkinligi berilmasa, dexqonga ,er xuquqi berilmasa..... bu tuzumni ximoya qiladiganlar qolmaydi!
Bosib yotgan tuxumlari tovuqniki emas qobra ilonniki , anaqonda ilonniki ekanligini ShM juda kech tushindi.
Tez kunlarda kattalashgan bu ilonchalar ShMning o‘zini chaqadi va o‘ldiradi!
Xalq o‘lgani rostmikan deb tomoshaga chiqishadi!
Xuddi Nigeriyani korpuptsiyadan tozalash piari bilan xokimiyatga kelgan Buxoriy sizlarga super namunadir. Uning ikki uch tarafga agentlik qilganidan qaysi o‘ldirgani nomalum.
Turkiston ozodligi va ittifoqi xarakating taxliliy guruxi. 04.11.2025



Оқлар, қоралар Нигерияда кўзи қисиқ болалар.... Қора Африқа советизм ва капитализм қурбони эди.
Шу кунларда мусилмонлар ва християнлар қурбонига айланиши мумкин.
Жумладан Нигерия давлати...
Бу давлат тарихи ва унинг сиёсий холатини шархлаш мақсадимиз эмас.
Истаган инсон Википедия сахифасидан ўқиб олади.
Дунё тақсимотига 21 аср янги суний интелект , интернет асри тақсимотига Нигерянинг қандай алоқаси борлигини тушинтирмоқчимиз.
2023 йили Си Цзин Пин , ва Джо Байден иштирокида АҚШ ва Хитой катта оилалари Сан Франсискода учрашув ташкил қилишган эди.
Ушбу учрашувда дунё тақсимоти қуруқлик қисмидаги иқтисодий таъсир доиралар келишуви қилинди.
Ахамият беринг, масала иқтисодий таъсир доиралар хақида бўлган эди!
Қуруқлик чегаралар хамда дунё денгиз ва океанларнинг Монтерео, Лозан келишувидаги вазияти кўриб чиқилди.
Ушбу Конвенциялар бўйича денгиз ва окянлар сохилларидан 30 км давлатларга оид эди. Бу йиғилишда қуруқликдан денгиз ичкарисининг 200 км иқтисодий манфаат худуд эканлигинг кафолати қайта келишиб олинди.
Бу шартнома тахминан 100 йилдирки дунё хуқуқий шартномалари , давлатлар чегара белгилаши асоси сифатида қабул қилинади! 
Нега айнан Хитой ва АҚШ бу шартнома ташқарисида гаплашишди? 
Дунё океан, денгизларини 26-28% қисми чегараланган аммо қолган қисми йўқ! 
Бу худуд эгаси ким? 
У жойдан фойдали қазилма топилса ким қазиши керак? 
Ким бу худудларда жойлашган қароқчи , йўлтўсарлар олдини олиши керак? 
Бирор бир ахмоқ эгасиз худуд деб атом бомбаси , кимёвий бомба, бактериологик бомба , термо эффектли урансиз бомба синамаслигини олдини олишга, ким масъул? 
Энг мухими бу ўта катта сув худудини космосдан, сув остидан ва сув устидан физик 24/7 режимида назорат қилиш оператив харакат қилишга кимда куч бор? 
Дунё денгизлари океанлари қироли бўлган Буюк Британия чўкди.
Франция ўз денгиз орти худудларини жуда қийинчилик билан бошқара олмоқда.
Бу худудларни бошқариш, назорат қилиш учун мингдан ортиқ харбий кема эсминец, 10-15 та авианосец, 80-90 дона сув ости атом кемаси , 250 донагача дизел сув ости кемаси , глобал юк ташиш учун 1000 дан ортиқ +8000 км га +60 тонна юк билан уча оладиган юк самалетлари , глобал навигация тизими , глобал интернет спутник тизими бўлган дунёда нечта давлат бор? 
Бу куч технологик имконият фақат Хитойда бор.
АҚШ ва унинг икки иттифоқчиси Япония ва Жанубий Корея билан бирлашиб буни эплаши мумкин.
АҚШ ўз имкониятидан келиб чиқиб иқтисодий таъсир доирасини Жанубий Америка ва Шимолий Америка давлатлари бўлишига рози бўлди.
Хитойга , Осиё ва Африкани берди.
Бу совға эмасди.
Бу 2 миллиард ахолиси бўлган африка қитасини очарчиликдан, йўқсилликдан , тероризимдан, саводсизликдан, турли юқумли касалликлардан чиқариш учун хитой қўли билан иқтисодий таъсир доираси асосида ишлаш келишуви эди.
Бу 2023 йилги келишув! 
Трамп хокимятга келиб бу келишув худудларига эътибор бермади.
Лекин нодир металлар тақчиллиги бошланиши ортидан тезликда Конго Демократик Республикаси ва Унанда , Руанда худудига диққатини қаратди.
Ўзаро устама нархлар урушини тўхтатди.
Африкани берил юборган байденни сўка-сўка Конго ( Кеншаса )ни ўргана бошлади.
Географик ўта ноқулай худуд.
2 344 858 км2 худда жойлашган тропик минтақа.
Барча тур захарли илонлар макони ...
Логистика қиламан деса, фақат Ангола орқали имкони бор!
Уганда табий бойликлари кўп бўлишига қарамасдан у хам денгизга йўли йўқ.
Шимолда Жанубий Судан билан қўшни! 
Энг қизиғи Судан хали тўлиқ очилмаган нефт қитъаси.
Захираси барча Араб ярим оролидан кўпроқ! 
Жанубдан Танзания билан қўшни ((( Танзанияда инқилоб бўлдими ?! 
Шарқда Кения билан қўшни.
Хозир Кения ичида коррупция бўйича жуда антиқа ишлар давом этмоқда.
Бу мамлакатда ҳам Z ёшлари инқилобнинг Непал варянтини қилади! 
Руанда 4-5 йил аввал Африка Сингапури сифатида ислохот йўлига ўтган.
Шимолий Судан жуда катта темир рудасига эга.
Охирги кунлардаги қочқинлар лагери масаласи кун тартибига келиши бежиз эмас .
Сабаби йирик нефт зазираси , йирик темир ва нодир металлар захираси мавжуд. Бу бойликларни қазиб олиш, қайта ишлаш ва жахон бозорига чиқариш учун кураш бормоқда.
Кейинги 15-20 йилда бу минтақларни порамилитар куч билан эгаллаб турган Туркия , Араб ярим ороли, Россияга учун алангали салом айтилмоқда(((((
Бу масалалар Нигерияга нима алоқаси бор ? 
Нигерия Африка қитасида энг ривожланган 4 давлатдан бири! 
Йирик нефт захираси ва Колумбит захирасига қазиб олиш бошланди.
Бу метал авиадвигателлар учун ўта мухим! 
Денгиз океанлар назорати учун авиация кераклигини юқорида айтилди!
Трамп Хитой қўлига ўтиб кетган Африканинг бу худудида ўз ўзидан муаммо чиқармаяпти.
Масала у ресурсларни тўғри йўлга қўйиб, жахон бозорига чиқишига қаршилик қилаётган ,Европа (руслар) давлатлари жазаламоқда.
Европаликлар бу сохаларда монопол холатдаги Россининг ёнини олиб келмоқда.
Нинерияда бир неча йилдан бери Бритиш Петролиум , Шелл, Тотал нефт газ бизнесида хукумронлик қилишмоқда. Бу ширкатларнинг маъданларни канибалларча қўлланишлари оқибатида Нигер дарёсининг суви максимал ифлосланган.
Дарёни нефт қолдиқлари босиб кетмоқда
Нигеряда 230 млн дан ошиқ ахоли бор.
500 дан ортиқ тилда гаплашади.
Дунёдаги энг катта терористик гурхининг ( Боко Харам) ташкил бўлишига шароит яратилган.
Мақсад қўғирчоқ хукумат , коррупционер амалдорлар ва хк.
Бу мақсад охири нима ?
Охири бир глобал тероризим хавфи қўшимча 25-30 млн ,Европага қочқин , очарчилик , хар хил вируслар ва наркотиклар ...
Бу муаммо ,ечилиши керак.
Музокара йўли тугади.
Африкага АҚШ ва Хитой компаниялари технология инвестиция билан кириши керак.
Шу пайтгача Африка ва 3 давлатларда диктаториал хукуматлар дастакланиб уларни Ядро қуролига ошиқ қилишади...
Европаликлар ва русларнинг бутун бир давлатда битта одам ва у орқали талон методи ишлаб келмоқда.
Нигерия хам бу дарддан ўтган.
Аммо 2008 йилдан бошлаб Обама хукумати дунё бўйлаб бойитилган уранни 5 давлат ўртасида ташиб кетишни келишган.
Нигерия бойитилган уранини Хитой олиб кетган!
Яна бир мухим масала, Нигерияни вафот этган президенти Фамиляси Бухорий бўлган!
Онаси асли Бухоролик яхудийлардан ....
Сиёсатда тасодиф бўлмайди!
Сталин даврида, Сибирда яшовчи асли келиб чиқиши Бухоролик мусулмон ва яхудий савдогарларнинг кўчиб кетишига рухсат берилган.
СССР давлати фақат Сталин вақтида шу тоифадаги инсонларга Яқин Шарқга ва Туркияга кетишларига рухсат берилган.
Агентура жойлаштиришнинг энг қулай методи ҳам, кичкина миллатни мазлум қилиб, бир қисмини кўчиб кетишида ичига агентура жойлаб жўнатиш осонроқ иш эди.
Трамп Ва Си музокарасидан сўнг Африкада воқеалар ривожи тасодиф эмас.
Осиёда хам анча ривожланди, воқеалар.
Хиндистонда сайлов йўли билан, тинч йўлдан кетмаган Модини , Гуджарат клани ички фермерлар босими остида кетади.
Каста тизими ўз тарихий босқичини тугатди.
Дунё инсониятники, ,ер остидаги барча бойлик хам .
Бундан дунё бирдек фойдалана олмаса, унга этарли шароит қилиб берилмаса, жанг тўхтамайди.
Дунё ресурсларини 33% бўлган Россия хам бўлишишга мажбур.
Дунё ресурсини 21-22% қисмига эгалик қилаётган Марказий осиё хам!
Истаса хам истамаса хам бўлишади.
Хозиргача топилган энг яхши усул бу очиқ бозор ресурсларни сотиш бу урушсиз усули.
Агар бозор ёпиқ бўлса уруш билан текинга олишади.
ШМ клани божларни хар кўтарганида, солиқларни эълон қилганда..... ўз салтанати устунларини йиқитиш ишини бажармоқда.
Монополия кўпайиши ортидан ШМ ва апартеид диктатура тизими чўкаверади.
Чўкиш тезлиги ортади.
Нигерия , бу бир мисол.
Танзания, иккинчи мисол.
Непал, учунчи мисол.
Хиндистон, тўртинчи мисол.
Эрон, бешинчи мисол.
Россия эса ШМ учун энг катта наъмуна!
Масала Хитойда ёки Американинг кириб келишида эмас.
Масала ресурс адолатли тақсимланмаслигидир.
Халқга танлов эркинлиги берилмаса, дехқонга ,ер хуқуқи берилмаса..... бу тузумни химоя қиладиганлар қолмайди!
Босиб ётган тухумлари товуқники эмас қобра илонники , анақонда илонники эканлигини ШМ жуда кеч тушинди.
Тез кунларда катталашган бу илончалар ШМнинг ўзини чақади ва ўлдиради!
Халқ ўлгани ростмикан деб томошага чиқишади!
Худди Нигерияни корпупциядан тозалаш пиари билан хокимиятга келган Бухорий сизларга супер намунадир. Унинг икки уч тарафга агентлик қилганидан қайси ўлдиргани номалум.
Туркистон озодлиги ва иттифоқи харакатинг тахлилий гурухи. 04.11.2025

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Примечание. Отправлять комментарии могут только участники этого блога.

Pora tugilishda otang beradi, keyin sen bir umr berasanmi?

Turkiston ozodligi va ittifoqi xarakati milliy kadrlari tamonidan tagdim qilinayotgan raportlarning ba’zilarini e’lon qilishga davom etmoqda...