понедельник, 4 декабря 2017 г.

Murod Joraev hotirasiga





     Politbyro, KGB Moskvaning temir yumruqi boshimizda turgan paytlarda mustaqil davlatchilik haqida va bu davoning kurashchilari haqida nima gapirgan bolsa oshanday boldi. Murod Joraev Tosjkentdan ming km uzokda oz shahri Muborakda KPSSni jinoyatchi partiya deb yoptirib yuborgan mard inson edi. Mustaqilligimizga hali yarim yil bor edi. Bu qilgan ishini butun Ozbekiston boylab qilish kerak demokda edi. Bu paytlar bugungi hokimiyatni boshqarayotganlar Moskvada Lenin ordeni olish uchun sovga-salom tashimoqda edilar. Uzoq Kashqadaryoning chekka bir shahrining Hokimi Arsori Turkmanlaridan bolgan Murod Joraev butun Ozbekistonda shunday qilish kerakligini gapirmoqda edi. Rasmda korilayotgan 15.02.1991 yil Murod Joraev bizning (Safar Bekjon va Kurbanoy Kamol) nikoh marosimida nutuq qilmoqda. Ha haqiqatdan ham, bu nikoh nutuqlar qilingan Oliy Sovet majsiga ohshab ketgandi. Kommunistlar egallagan Oliy Sovetda gapirish imkoni berilmagan deputatlar toyda sisosiy nutuqlar qilishdi. Bir necha soatlik videoda sovet tuzumiga qarshi kurashayotgan kozga koringan ziyoliylar qatnashishgandi ......
Menda bu videoni korishga jasorat yoq!
Faqat manashu qadrning ozida ikkita kishi korinmoqda.
Murod Joraev mikrafonda, uni esa diqqat bilan tinglayotgan Shavruq Rozimuradov boladi. "-Mustaqillik uchun kerak bolsa qaytadan toglarga chiqamiz" degandi. Mustaqillikning boshlanishidayoq qotil Karimov shahid qildi Shavruq Rozimuradovni........
Qotillar saltanati bir kun yiqilib, tarih qaytadan yoziladi.
Qiyomat burnimiz tagida.
Tangrining oldiga, solih qullari sifatida chiqish hammaga ham nasib qilmaydi.
Oldirilgan dostlarimizning haqqini soraydigan yaratgan oldida korishish nasib qilsin!
Tangrining solih quli Murod akaning yuzini yorug qilgan bolsin!

Jannatiga kirishni nasib qilgan bolsin!

Amin!



Sefer Bekcan.                                04.12.2017 Lausanne

Узбекистон деган, давлат йук. Узбекистон деган, мафя худуди бор.

Узбекистон Россия тарафидан таъсис килган шаклда сиёсий-иктисодий, ижтимоий сохалар кланларга булиб берилган. Бу сохалар бошкарувини, калан...