Inqilobdan keyin din ta'limi qanday bo'lishi mumkin ?
Jamiyatlarda din ta'limi iqtisod sohasi kabi muhim soha hisoblanadi.Davlatning bu sohaga bo'ladigan munosabati xalqning kelajagi,davlatchilik bilan munosabati,hatto davlatning baqo masalasidir.Bu masalada fikrimni bir necha sarlavhada tarixdan bu masalada qanday yo'l tutilganligini misollar bilan keltiraman,chunki tarix undan ibrat olinsagina foyda beradi.
Sekulyarlik g'arb mahsulimi ?
Zamonamizda ko'pchilik insonlar din va davlat ishlari ayrilishi g'oyasini 1789-yilda Fransiyada bo'lgan inqilobdan keyin boshlangan deya o'ylaydi.
Keling tarixga nazar solaylik:
1050-yillarda shia davlatlari Misr, Saudiya Arabistoni , Suriya, Iroq hududlarini egallab Abbosiy halifaligini tugatish uchun urush boshlashadi, Sunniy Islom olami yo'q bo'lish tahlikasida edi.
Halifa Saljuqiylar davlati quruvchisi Sulton Tug'rulga uni qutqarishi uchun yordam so'raydi.
1060-yilda Bog'dot shaharini shialardan qutqaradi va Halofalikni o'z himoyasiga oladi,faqat Halifa bo'lishlikni qabul qilmaydi. Davlat va din ishlari alohida bo'lishi kerakligiga ishonar edi. Agar din ishlari davlat ishlariga aralashsa u yerda davlatchilik bo'lishiga ishonmas edi. Bu shaklda din va davlat ishlarini ayirip,dunyoda birinchi martta sekulyar tizimni o'zlashtirgan kishi Sulton Tug'ruldir. Boshqa so'z bilan aytganda dunyoda ilk martta sekulyarlik asosini turkiylar amalga oshirdi.
Bizning har doim imperiyalar qurishimiz va dunyoning turli hududlarida kam sonli bo'lishimizga qaramasdan boshqaruvchi qatlam bo'lishimizning sirri ham turkiylarning sekulyarlik tizimini joriy qilishidir.
Usmoniylar-Safaviylar-Shayboniylar urushlarida dinning ro'li
1500-yillarda turk aslli Ismoil Safaviy Eronda hokimiyatini o'rnatishni boshlaydi.
Hukmronligini kengaytirish uchun Eronni kuch bilan shialashtirish va chegara davlatlarga propaganda uchun shayxlar yuborishni boshladi. Bu paytda Usmoniylar davlatida markaziy din ta'limi tizimi bo'lmaganligi uchun davlatning asos kuchi bo'lgan turklar juda oson shaklda katta qismi shialashtirildi va isyonlar tashkil qilindi.Isyonlarda Usmoniylarning minglarcha arkarlari,vazirlari,hatto bosh vazirni qatl qilishdi.
Faqat 1. Sulton Salimning vaziyatni anglagan holatda otasini taxtdan ağdarishi, davlat ichida qattiq tadbirlar olishi va 1514-yildagi Chaldiran jangida zamoniy qurollarni mahorat bilan ishlata olishi davlatni halokatdan qutqardi.Bu vaziyatda Turkistonda asrlardan beri markaziy din ta'limini tashkil qilinganligi xalq orasida Shayboniyxon va Ubaydollaxon atrofida birlashishga yordam berdi va dushmanni vatanlaridan daf qildilar.
Turkiya qayerda xato qildi ?
Halifalik masalasi
Islom dunyosida Mustafa Kamol haqida juda ko'plab noto'g'ri iddaolar va fikrlar mavjud.
Ulardan biri Halifalik masalasidir.1918-1923-yillarda Mustafo Kamol va turk xalqi imperialist kuchlarga qarshi mustaqillik urushi olib bordi va g'alaba qildi.
Mustafo Kamol davlat boshqaruvini oiladan olib xalqga berish uchun "Saltanat" maqomini bekor qildi, sekulyarlik dasturini amalga oshirish uchun esa,shariat ahkomlarini ta'minlovchi "Meshihati shar'iyya va Avqof" vazirligi o'rniga "Diyonat" vazirligini qurdi.
Bu paytda ko'plab arab davlatlari o'z ulus davlatlarini qurish uchun Halifalikni qulashi uchun harakat qila boshladi. Mustafo Kamolga otilgan iftirolarning sababi esa arablarning qurgan yangi davlatlarini xalqaro maydonda Turkiyadan ajralib mustaqil davlat sifatida zamin tayyorlash edi.
Saudiya Arabistoni va Misr Turkiyadan Muqaddas omonatlarni berishligi uchun talab qilishdi, amma Mustafo Kamol vaqti kelganda musulmonlar o'z halifalarini demokratik shaklda ovoz berib saylashlarini reja qilib Muqaddas omonatlarni Istanbulda qoldirdi.
Mustafo Kamol vafot etgandan keyingi davlat odamlari sekulyarlikning Fransiya yo'lini tanlashdi va xalqning diniy e'tiqodi va an'anlariga hurmatsizlik qilish va cheklash boshladi va bunga o'zlarini oqlash uchun "Kemalizm" deyishdi. O'zlarini Mustafo Kamolning yo'lida ketishganini iddao qilishdi. Bu vaziyat xalqda davlatga qarshi nafrat uyg'otdi va dindor qatlam davlatga qarshi har ishni qo'llab quvvatlashni boshladi.
Buni tashqi kuchlar juda qulay imkoniyat sifatida ko'rishdi va davlatni qo'lga kiritish uchun juda ko'plab tariqatlar qurishdi,ulardan biri "Fathulloh Gulen" tariqati.
Tariqat insonlarni "Davlatni bu dinsiz insonlardan qutqarish uchun dindor nasllar yetishtiramiz" bahonasi bilan xalqni ishontirdi.
Juda qisqa vaqt ichida davlat ichida juda ko'plab yuqori lavozimlarni qo'lga kiritishdi.
Yana bir misol esa, Rajap Toyyip Erdog'andir.
Erdog'an insonlarni davlatning Islomga qarshi siyosatini sabab qilip har saylovda insonlardan juda ko'plab ovoz oldi.
Xalq ham Islom dushmani tuzum yiqilishligi uchun Erdog'an va atrofidagi insonlarning juda ko'plab ayblariga e'tibor qilmadi: pora olishi, mansabga loyiq bo'lmagan insonlarning kelishi,yolg'on va'dalar berish,noto'g'ri davlat boshqaruvi.
Xalq uchun muhimi davlat tomonidan bo'layotgan zulmning to'xtashi edi.
Turkiyaning hozirgi holati oldingi davlat odamlarning noto'g'ri din ta'limi siyosati mahsulidir:
huquq tizimi ishlamasligi,hukumatning xatolarini tashqi davlatlar o'z manfaatlari uchun ishlatishi, xalqning qo'rquv ichida ayni partiyaga ovoz berishi.
Tariqatlar
Dunyoning kuchli davlatlari razvedkalari nazdida davlatlarni boshqarishning eng samarali usuli-tariqatlardir. Ular davlatlardagi din ta'limi kamchiliklarini ko'rib bo'shliqni to'ldirishga va davlatni qo'lga kiritib imkonlarini o'z maqsadlariga ko'ra sarflashga harakat qilishadi.
Misollar:Turkiyada "Fathulloh Gulen" tariqati,"Manzil" tariqati, Janubiy Koreyada "Moon" tariqati, Janubiy Amerikada " Opus Dei" tariqati, Shimoliy Amerikada" Konstantin " tariqati, Yevropada "Saint John" tariqati.
Mustaqillikdan keyin nega diniy ta'lim ta'qiqlandi ?
Buning bir qancha sabablari bor:
-2001-yildan keyin dunyoda "Islom" va "Terrorizm" so'zlari birlikta ishlatilishi odatiy tus ola boshladi.
Klanlar esa xalqni juda ekstremist va tero'rist deya dunyoga hukumatlarining qonuniy ekanligini sabab qilib ko'rsatishdi;
-SSSR parchalangandan keyin,Rossiya SSSRni qayta tiklash rejasini tuzdi. Islom olamini shakllantirgan va unga juda katta hissa qo'shgan olimlarni yetishtirgan o'zbek xalqi va Islom dini orasidagi bog'liqlikni bilishar edi.
Bu sababli Rosiyyaning qayta kuchlanishiga qadar xalq va davlat orasidagi aloqani uzish va nafratni kuchaytirish maqsad qilindi.
Misol sifatida esa Rossiyaning o'z yerlarida qanchalik Islomga imkoniyatlsr berayotgani haqida propaganda qilishdi.Vaqti kelganda esa, xalq Rossiyaga tepdagi zolim, dinsiz insonlardan qurtulish uchun eshiklarni ochib berishi maqsad qilingan edi.
Yechim
Noqonuniy ta'lim, tariqatlar, misyonerlik faoliyatlari bo'lmasligi uchun davlat din ta'limini xalqimizning qadimdan kelayotgan an'anlariga sodiq shaklda tartibga solishi kerak deb o'ylayman.
Diniy qo'mitaga bog'liq bo'lgan aqiydada "moturidiy", fiqhda "Abu Hanifa" mazhabiga tayanilgan, 2, 3 mahalla uchun bir dona "Diniy ta'lim markazlari" qurilshi kerak.
U yerda 7 yoshdan 70 yoshgacha insonlar to'g'ri shaklda diniy ta'lim ehtiyojlarini qoplaydilar.
Ta'lim 3 bosqichga bo'linadi: boshlang'ich,o'rta, yuksak.
Har bosqichni muvaffaqiyatli bitirganlar keyingi bosqichni o'qiy oladilar. Ustozlar esa har yili ehtiyojga qarab diniy qo'mita imtihoni asosida tayinlanadi.
Bu bilan davlat nimaga erishadi ?
- Xalq ayniqsa dindor qatlam o'z davlatiga ega chiqa boshlaydi, muammolar o'z-o'zidan bartaraf bo'ladi ;
-Siyosatchilar uchun dinni o'z manfaatlari yo'lida ishlatish uchun sabab yo'qoladi, bu bilan dunyodagi juda ko'plab davlatlarda bo'layotan xalq orasidagi guruhlashish bo'lmaydi ;
-Ichki siyosatda hotirjam bo'lgan davlat tashqi siyosatda o'z manfaatlarini osonroq himoya qila oladi.
Alparslon.
Davlatchilikda din masalalari böyicha milliy kadr
31.03.2024
Комментариев нет:
Отправить комментарий
Примечание. Отправлять комментарии могут только участники этого блога.