четверг, 17 ноября 2016 г.

Erdog'anning O'zbekistonga tashrifidan nimalar kutilyapti?



noyabr 17, 2016


Erdog'anning O'zbekistonga tashrifidan nimalar kutilyapti?
      Siyosiy muhojirlikda yashayotgan o`zbek yozuvchisi Safar Bekjonga ko`ra, G`arb bilan munosabatlarini tobora keskinlashtirib borayotgan Toyib Erdog`an tashqi siyosatini Yevrosiyo tomonga qaratmoqda.
“O`zbekiston Turkiya bilan bir masalada, Yevrosiyo masalasida kelishishi mumkin. Erdog`an Turkiyani Yevropa va AQShdan uzoqlashtirib, Xitoy va Rossiya ta`siridagi Yevrosiyoga yaqinlashtirayapti. Bu jarayonda O`zbekiston muhim o`rin tutadi. O`zbekiston ham shu yo`nalishga yuradigan bo`lsa, Turkiya O`zbekiston orqali ham o`z pozitsiyasini ancha mustahkamlashi mumkin. Erdog`an hozir bu haqda jiddiy o`ylanayapti, nima hisobiga bo`lsa ham, O`zbekiston bilan aloqalarni jiddiy yaxshilashga hozirlanayapti. Ikkinchi masala, albatta, iqtisodiy manfaatlar. Yevropadan uzoqlashayotgan Turkiya uchun yangi bozorlar kerak, ishlab chiqarish tobora zaiflashib borayotgan O`zbekistonning iste`mol bozori nisbatan kattaroq, 32 million. Turkiya biznesining ommaviy kirib kelishidan O`zbekiston ham, Turkiya ham manfaatdor”, - deydi Safar Bekjon.“O`zbekiston saylov o`tguncha hamma bilan aloqalarni tiklashga harakat qiladi. Mirziyoyev birovni itarish, xohlamaymiz deydigan vaziyatda emas, iqtisod cho`kkan, xazina bo`shagan, hamma narsa bo`lishi mumkin. Bu jarayonda Mirziyoyevga tashqaridan har qanday ko`mak, qo`llab-quvvatlash muhim. Qo`shni davlatlar, Rossiya, Xitoy bilan munosabatlar yaxshilanyapti, Turkiya ham shular jumlasidan. Lekin haqiqatda aloqalarning qanday bo`lishini faqat saylovdan keyingi vaziyat ko`rsatadi”, - deydi Safar Bekjon.

Узбекистон деган, давлат йук. Узбекистон деган, мафя худуди бор.

Узбекистон Россия тарафидан таъсис килган шаклда сиёсий-иктисодий, ижтимоий сохалар кланларга булиб берилган. Бу сохалар бошкарувини, калан...