вторник, 11 декабря 2018 г.

Кимнинг бойликларини кимга бермокчи бу....








O'zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning qamoqda jazo muddatini o’tayotgan qizi Gulnora Karimova siyosiy-ijtimoiy sahnaga qaytmoqchi, u o’z mablag’ini islohotlarni qo’llab quvvatlash uchun sarflashga tayyor.
Bu haqda Gulnora Karimovaning Londonda yashayotgan kichik o’g’li Islom Karimov xabar bergan. U tarqatgan bayonotda ayni paytda Gulnora Karimova qayerda ekanligi haqida ham, Karimova xonim aynan qaysi mablag’larini ko’zda tutayotgani haqida ham hech narsa deyilmaydi. O’zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga tegishli mulklarni musodara qilgan, ammo bu mablag’ning aksariyati xorijda, uni O’zbekistonga qaytarish yuzasidan mahkama davom etmoqda.
Kichik Islom Karimov "Instagram" sahifasi orqali e’lon qilgan bayonot onasining hozirgi taqdiriga biror aniqlik kiritmaydi, ammo qamoq jazosini o’tayotgan Gulnora Karimovaning tashqi dunyo bilan aloqasi uzib qo’yilgani haqidagi xabarlarni bir qadar inkor etadi.
Islom Karimov murojaatni onasi nomidan e’lon qilgan. Undagi asosiy mujda Gulnora Karimova o’z mablag’larini ixtiyoriy ravishda O’zbekistonga qaytarish qaroriga kelganidan yoki shunga majbur bo’lganidan dalolat beradi.
Gulnora Karimovaning xorijda muzlatilgan mablag’lari bir necha milliard dollar qiymatida ekanligi ma’lum, o’tgan yili Bosh prokuratura Karimovaga tegishli xorijdagi mablag’, mol-mulk ro’yxatini e’lon qilgan, bu ro’yxat yuzasidan surishtiruv davom etayotganini ham bildirgan edi.
Gulnora Karimovaga aloqador so’nggi mahkama jarayoni sentabr oyida Shvetsiyada o’tgan edi. Mahkama Gulnora Karimovaga pora uzatganlikda ayblangan "TeliaSonera" kompaniyasi sobiq rahbarlari ishini ko’rib chiqdi. O’zbekiston hukumati amaldorlari, xususan, ayni paytdagi Bosh vazir Abdulla Aripov ham guvoh sifatida doxil ko’rilgan mahkama yuzasidan sud qarori yanvar oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Yaqinda esa O’zbekistonda "Ucell" brendi ostida ishlagan "Telia" (TeliaSonera) o’z ulushini O’zbekiston hukumatiga sotdi, mamlakatni butunlay tark etdi.
"TeleiaSonera" O’zbekistonda ishlash uchun Gulnora Karimovaga 400 million dollarga yaqin pora bergani haqidagi ayblov Karimova o’zlashtirgan mablag’larning kichik bir qismi, xolos.
Yevropa, Osiyo davlatlaridagi banklarda milliard dollardan oshiq mablag’ muzlatilgan, Shvetsiyadagi mahkama jarayonida Gulnora Karimova tomonidan turli shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan bu mablag’larning so’nggi egasi uning farzandlari Islom va Iymon ekanligi yuzasidan vasiyat ham mavjudligi yuzaga chiqdi.
Kichik Islom Karimov tomonidan e’lon qilingan bayonot merosxo’rlarga qoldirilgan vasiyatni inkor etadimi, yo’qmi, bu ham noma’lum. Kichik Islom Karimovning o’zi bu borada biror izoh keltirmagan.
Gulnora Karimov ishini kuzatib kelayotgan faollar unga tegishli xorijdagi mablag’larni qaytarish uchun hukumat va Gulnora Karimova o’rtasida sulh tuzilishi mumkinligini ham ta’kidlab kelishayotgan edi.
Shveysariyada yashayotgan o’zbek dissidenti Safar Bekjonga ko’ra, hukumatda Karimovaga tegishli mablag’larni mahkama yo’li bilan qaytarish imkoniyati qiyin, masala hali muzlatilmagan; ro’yxatga kiritilmagan milliardlab mablag’ haqida kichik Islom Karimovning onasi nomidan bergan so’nggi bayonoti Gulnora Karimova hukumatga sulh taklif qilayotganidan darak beradi.
“Shveysariya prokuraturasi tomonidan muzlatilgan bir milliard dollardan tashqari bu oilaga tegishli yana 5 milliardga yaqin mablag’ bor, dunyoning turli burchaklaridan chiqayotgan bu pullarning ayrimlari muzlatilgan, ayrimlari hali muzlatilmagan.Gulnora Karimova o’zini men hamon bu pullarga egaman deb hisoblaydi, aslida esa bunday emas, buni hukumat ham yaxshi biladi. Shuning uchun Gulnora Karimova tomonidan taklif qilinayotgan murosaga hukumat ijobiy javob berishini kutmayman. Mendagi so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Gulnoraning yurib turishiga biror to’sqinlik yo’q, buni men o’zimga nisbatan tahdidlar bo’layotganidan ham bilaman. Menga biz baribir yutib chiqamiz, seni Lozanda bo’lsang ham yo’q qilishga qurbimiz yetadi, degan tahdidlar bo’lmoqda”, - deydi Shveysariyaning Lozanna shahrida siyosiy qochqinlikda yashayotgan Safar Bekjon.
O’zbekiston Bosh prokuraturasiga ishonilsa, marhum Islom Karimovning to’ng’ich qizi Gulnora Karimova Toshkent shahar sudining 2015-yil avgust oyida chiqarilgan hukmiga ko’ra davlatga katta miqdorda zarar yetkazgani, uyushgan jinoiy to’daga rahbarlik qilgani uchun 5 yillik qamoq jazosini o’tamoqda. Karimovaga tegishli molk-mulk musodarasi yuzasidan surishtiruvlar esa davom etmoqda. Bu borada Shvetsiya, Britaniya va bir necha xorijiy davlatlarning huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.
O’zbek jamoatchiligida Karimovaga tegishli mablag’ yuzasidan yakdil bir qaror mavjud emas. Ayrim faollar xalqdan o’marilgan va xorijda muzlatilgan bu mablag’ni korrupsiyadan batamom qutulmagan hukumatga qaytarish noto’g’ri bo’lishi, bu mulklar bevosita xalq ehtiyojlariga yo’naltirilgan alohida bir jamg’armaga o’tkazilishi lozim deb hisoblaydi.
Gulnora Karimova nomidan berilgan so’nggi bayonot mavjud mahkamalardan qat’i nazar, u hamon o’z mablag’lariga egalik huquqidan voz kechmagani, ammo bu mablag’ni ozodlikka chiqish evaziga qaytarish qarorida ekanligiga ishora qiladi.

Узбекистон деган, давлат йук. Узбекистон деган, мафя худуди бор.

Узбекистон Россия тарафидан таъсис килган шаклда сиёсий-иктисодий, ижтимоий сохалар кланларга булиб берилган. Бу сохалар бошкарувини, калан...