воскресенье, 13 декабря 2015 г.

Islom surat emas, siyrat dinidir






   Kuronda ikkita joyda "Nur" va "Azhab" suralarida erkak va ayollar uchun oranib yurish kerakligi hakida oyatlar bor.
Arabcha manolari har hil bolgan suzlardan sirli manonalar chikarib bugungi shakdagi oranib yurish hakida ulamolar fatvolari chikarilgan.
Kurondan oldingi mukaddas kitoblarda ham oranib yurish hakida hukumlar bor barchasida ayol kishilarning erkaklarda jinsiy kozgalish uygotadigan avratlarini berkitishlari kerakligi amir kilingan.
Lekin bugungi kunda Musilmon davlatlarida ayollarning sochlari ham jinsiy kozgalish vositasi deb qaralmokda.
"Nur" surasidagi oyatlarda ayollar uchun koshimcha kilib taqinchoqlarini yashirish, ularni boshqalarga kibr vositasi sifatida bolmasligi uchun ham oranib yurish tavsiya qilinmokda.
Arab ayollari ayoqlarigacha takinchok takishadi demak ayoqlarini ham berkitishlari kerak bolgan.
Qop-qora chodir kiygan ayollar Musaviy va Hristiyanlardagi ota dindor ayollar bilan bitta korinishda.
"Azhab" surasi 59 oyatdagi amir paygambarimizning ayollari kuchadagi mushriklar tarafidan tojiz kilinmasin degan maqsadda amir qilingan.
Arab jamiyatida Islomning ilk yillarida hali ham eski dindagilar mavjud edi. Ayollarga zoravonlik har odimda uchrayapgan paytda bunday vahiy kelganligi hisobga olinishi kerak.
Ogirlik ham avjida edi. Kuron momin ayollarni tajavuzlardan saklash va taqinchoqlarini boshkalarga kibr vositasi qilmasliklari uchun bu oyatlarni nozil qilgan. Maksad insoniyatni ham manaviy ham moddiy muammolardan saqlashga qaratilgan.
Quron nozil bolgan paytlarda davlat qonunlari: erkak ayol hukukiy tengligi bolmagan davr edi. Bugun ayollarga tajavvuz qilish uning boshi ochiq yoki berkligidan kelib chikmaydi. Kuchada yurgan ayolni davlat tajavuzdan va talondan saqlay olmasa din bunga aralashishi mumkin. Ikkala oyatda ham öraladigan romolning shakli va korinishi haqida anik bir olchov koyilmagan. Bugungi moda holatidagi berkinish va burtib chikkan jinsiy kismlar, yuzdagi kimmatbago boyoklar aslida Islomning kibr va boylik tamoshasi kilmaslik haqidagi oyatlariga ziddir.
Umuman Islon insonlarning tashqi korintisidan koprok ichki korinishlarini tarbiyalaydigan mukaddas dindir.
Shaklbozli paygambar avlodlarini qatll qilgan Muawwiya fatvolaridir.
Qaysi bittasiga amal kilishni har kim oz iymoni bilan olchasin!
Inshalloh kiyomatda barchamiz hakikatga erishamiz.
Ungacha barcha hakliman deb uylayveradi.
Alloh menga imtihon paytida senga savod berdik, akl berdik ammo bilganingni aytmading gunohkorsan demasin deb bu erga yozdim.

Omon bolinglar. 

Safar Bekjon. 

13.12.2015












Узбекистон деган, давлат йук. Узбекистон деган, мафя худуди бор.

Узбекистон Россия тарафидан таъсис килган шаклда сиёсий-иктисодий, ижтимоий сохалар кланларга булиб берилган. Бу сохалар бошкарувини, калан...